avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

Mening bobom, buvim mahallamiz faxri.

Таълим ва тараққиёт
Илм-фан
Mening bobom, buvim mahallamiz faxri.
Reja         
1.       Mahallamiz kelajagi uchun xissa qo’shgan insonlar.
2.       Keksalarni e’zozlash yoshlarning burchi.
3.       Men bobom va buvim bilan faxrlanaman.
 
Bizning mahallamiz buyuk bobokalonimiz ismi bilan ataladi, ya’ni Amur Temur mahallasidir. Bizning mahallamiz, qishlog’imizning eng oldi mahallalaridan hisoblanadi. Mahallamiz fuqarolari juda ahil ,inoq bo’lib yashashadi. Qolaversa, qishlog’imizda  har shanba va yakshanba kunlari obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Mahallamizning rivojlanishi uchun ko’pchilik insonlar o’z xissalarini qo’shib kelishmoqda. Bulardan, qishlog’imizning tinchligi uchun profilaktika inspektori Do’ltayev Umidjon, qolaversa qishlog’imizning gullab, yashnashi uchun Marg’izor MFY raisi Aziza Olimova o’z xissalarini qo’shib kelishmoqda.
Har bir inson borki umri davomida ulg’ayib, keksayib boradi. Biz yoshlar o’zimizdan katta insonlarni xurmat qilishimiz kerak. Bu yil yurtboshimiz tomonidan “ Keksalarni e’zozlash yili ”deb e’lon qilindi. “ Keksalarni e’zozlash yili ” munosabati bilan keksalarimizni madaniy hordiq chiqarishlari uchun bepul yo’llanmalar berilmoqda. Biz yoshlar ko’cha- kuyda, mahallda doimo keksalarni e’zozlab, ko’klarga ko’tarishimiz kerak. Aytishadiku, “ O’lganda ming bor yo’qlagandan, tirikligida bir bor yo’qlagan afzal ”. 
O’ylaymanki dunyoda har bir inson bobo va buvisini yonida bo’lishini istaydi.
Mening ham bobojonim va buvijonim borlar, buvijonim menga  bo’sh vaqtlarimda kashta tikishni, zardo’zlikni o’rgatib turadilar. Deyarli ko’p vaqtim bobojonim va buvijonim bilan o’tadi. Bobojonim ham juda ko’p narsalarni biladilar. Ular umri davomida bo’lib o’tgan juda ko’p voqea va hikoyalarni so’zlab beradilar. Men bu hikoyalarni tinglab o’zimga kerakli xulosalarni chiqarib olaman. Ular doimo ezgulikka chorlaydilar. Men shunday bobojonim va buvijonim borligidan faxrlanaman.
 Namangan viloyati Pop tumani 6-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi 8-b sinf Soataliyeva Shaxnoza